Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin va Ucelldan aloqa uchun yanada ko‘p qulayliklar

Karantin va Ucelldan aloqa uchun yanada ko‘p qulayliklar

#UydaQoling. Ucell abonentlariga g‘amxo‘rlik qilib, har doim aloqada bo‘lishlari uchun yangi tariflarni yaratishni davom etmoqda!

28 martdan yoshi 55 dan boshlangan Prepaid abonentlari «Minnatdormiz!» imtiyozli tarif rejasidan foydalanishlari mumkin.

Tarifda abonent to‘lovi yo‘q va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun bepul daqiqalar taqdim etiladi.

Ayni paytda «Minnatdormiz!» tarif rejasiga o‘tish uchun Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (8123) qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqam egasi tomonidan amalga oshirilishi kerak.

«Minnatdormiz!» tarifi haqida ko‘proq ma’lumot.

Shuningdek, kompaniyaning barcha abonentlari qo‘shimcha to‘lovsiz «Mobil Avans» xizmatidan foydalanishlari mumkin. Endi hisobingizda mablag‘ qolmay, uni to‘ldirishga imkoniyatingiz bo‘lmasa ham, aloqada qolasiz. Shu bilan birga, tizim faqat keyingi hisobni to‘lganingizda avans miqdorini yechib oladi.

Xizmat haqida batafsil.

Shuningdek, barcha abonentlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun biz masofaviy xizmatni joriy etdik.

Xizmatlar uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • +99893 180 0000 yoki 8123 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va buyurtmani qoldiring;
  • Bizning xodimimiz istagan raqamni tanlashingiz uchun sizga qo‘ng‘iroq qiladi;
  • Raqam ko‘rsatilgan manzilga yetkaziladi.

Ulanish shartlari haqida batafsil ma’lumot:

www.ucell.uz/tz7

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring