Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn resurslar

Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn resurslar

AKT vazirligi karantin paytida yangi bilim olishga va foydali ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradigan bepul onlayn manbalarni taqdim etdi.

  1. One Million Uzbek Coders — to‘rtta dolzarb IT-yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitadigan (Data Analytics, Android-dasturlash, FrontEnd va FullStack) onlayn ta’lim kurslari.

Bugungi kunda Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy maxsus onlayn-portal orqali  IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha — «Bir million o‘zbek dasturchi» («One Million Uzbek Coders») loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

Batafsil:  http://uzbekcoders.uz/

  1. Online Pre-Accelerator  — AKT sohasida yangi ish boshlagan tadbirkorlar uchun o‘zbek tilidagi ta’lim dasturi.

Joriy yilning fevral oyida onlayn Pre-Accelerator birinchi dasturi ishga tushirildi. Kursning maqsadi – yangi ish boshlagan tadbirkorlarga o‘z g‘oyalarini qanday rivojlantirish haqida va bu yo‘lda birinchi qadamlar qanday bo‘lishi kerakligi haqida tushuncha berishdir.

Onlayn kurs qisqa va ma’lumotlarga boy mualliflik video darslaridan iborat bo‘lib, unda O‘zbekistonning muvaffaqiyatli tadbirkorlari va mutaxassislar ma’ruzalar o‘qishadi va mahorat darslarini o‘tkazishadi.

Kursda o‘tiladigan asosiy mavzular quyidagilar: muvaffaqiyatli jamoani yaratish, loyihani malakali boshqarish, MVP yaratish, bozorni o‘rganish, biznes-reja tuzish, kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish, investitsiyalarni jalb qilish; shunday ekan mazkur dastur mahorat darajasidan qat’iy nazar hamma uchun foydali bo‘ladi.

Batafsil: https://online.it-park.uz/

  1. Online Open Sessions  — xorijiy IT-mutaxassislar hamda mahalliy startapchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan onlayn videokonferensiyalar.

IT-Parkdan yangi «Online Open Sessions» loyihasi. Mazkur loyiha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan videokonferensiya bo‘lib, unga O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli va nufuzli IT-mutaxassislar hamda startapchilar jalb qilingan.

Dasturda o‘rin olgan ma’ruzalarida qo‘yidagi dolzarb masalalar o‘rin olgan: startaplarga ko‘mak berish va rivojlantirish, venchur moliyalashtirish, axborot texnologiyalari va menejment. Ma’ruzalar Zoom platformasi orqali amalga oshirilmoqda. 

Batafsil: https://www.facebook.com/pg/itparkuzb/events/?ref=page_internal

Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ling va o‘z raqobatbardoshligingizni oshiring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring