Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jonli muloqotniyam unutmaylik

Jonli muloqotniyam unutmaylik

26-yanvar – Xalqaro internetsiz kun

Bugungi kunda kommunikatsiya vositalari jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ular vaqtni tejashga, ish faoliyatini tezlashtirishga xizmat qiladi. Axborot, muloqot va ko‘ngil ochishning eng ommaviy manbalaridan biri internetdir. Ba’zi odamlar global tarmoqqa tobe bo‘lib ulgurgan ham. Ammo so‘nggi yillarda hayotning virtuallashishiga qarshi kurashish uchun xalqaro bayram nishonlanayotganini hamma ham bilmasa kerak. Bu Xalqaro internetsiz kundir.

Nishonlanadigan sana

Internetsiz xalqaro kun har yili yanvar oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi. 2020 yilda bu sana 26 yanvar kuniga to‘g‘ri keladi. Tadbir Rossiya, Ukraina, Belarus va boshqa mamlakatlar aholisi orasida keng nishonlanadi.

Tashabbuskorlar kimlar?

Tadbir jamoat tashkilotlari faollari tomonidan nishonlanadi. Ularga internet foydalanuvchilari, turli nodavlat jamoalar qo‘shilishadi.

Bayram tarixi va an’analari

G‘oya G‘arb mamlakatlarida paydo bo‘lgan. Bayram sanasi va tashabbuskori haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Tadqiqotchilar Britaniya ijtimoiy ixtirolar instituti tomonidan tashkil etilgan, degan fikrda. Asoschisi notijorat onlayn loyihalardan biri bo‘lganligi taxmin qilinadi. Internetdan voz kechish g‘oyasi XXI asr boshlaridan jadal ommalasha boshladi. Global tarmoqdan faol foydalanuvchilar ushbu g‘oya tarafdorlari bo‘lishdi. Ular tarmoqqa qarshi chiqmagan holda bir kun davomida virtual muloqotdan voz kechishni targ‘ib qildilar. Bayram tarafdorlari an’anaviy hordiq yo‘llarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Bu qarashlar sobiq ittifoq hududi aholisi orasida ommalashib bormoqda.

Shu kuni turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Faollar jonli muloqot ehtiyoji haqida chiqishlar qilib, virtual muloqotdan voz kechish g‘oyasini ilgari surishadi. Ommaviy axborot vositalari harakat haqida ma’lumotlar beradi, mavzuga oid materiallar nashr etadi, global tarmoq haqida dasturlar va filmlar efirga uzatiladi. An’anani saqlab qolish uchun ishtirokchilar rag‘batlantiriladi. Tadbirga qaratilgan loyihalarga mablag‘ yig‘ish uchun xayriya tadbirlari o‘tkaziladi. Konferensiya va seminarlar o‘tkaziladi. Jamoat tashkilotlari internetga qaramlik haqida bong uradilar. Bayram tarafdorlari bir-birlarini qutlashadi.

Qiziqarli faktlar

  • Internetdan voz kechish g‘oyasi ijtimoiy tarmoqlar davridan oldin paydo bo‘lgan. Chunki o‘sha paytdayoq tarmoqqa qaramlikning aniq muammosi mavjud edi.
  • 1995 yilda amerikalik shifokor A.Goldberg internetparastlikni ruhiy kasallik sifatida tilga oldi. Lekin rasmiy meditsina hali buni tan olganicha yo‘q. Mutaxassislarning fikricha, dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarning 6 foizi ushbu patologiyadan aziyat chekmoqda. Ularning katta qismi (10,9 foizi) Yaqin Sharq mamlakatlari aholisiga to‘g‘ri keladi. Shimoliy va G‘arbiy Yevropada eng past ulush – 2,6 foiz.
  • Internet hissiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deydiganlar ham bor. Ularning fikricha, o‘rta va keksa yoshdagi global tarmoq foydalanuvchilarida markaziy miyaning qaror qabul qilish, fikrlash, xotira, o‘qish, ko‘rish va nutq faoliyatini yaxshilaydi.

U.Yo‘ldoshev tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring