Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya tajribasi o‘rganib qaytildi

Janubiy Koreya tajribasi o‘rganib qaytildi

Foto: TATU

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari 14-23-oktyabr kunlari ta’limning kredit tizimini joriy yetishning xorijiy tajribalarini o‘rganish maqsadida Koreya Respublikasidagi yetakchi universitetlarida bo‘lishdi.

Foto: TATU

TATU rektori To‘lqin Teshaboyev boshchiligidagi universitet delegatsiyasi, avvalo, Janubiy Koreyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)da bo‘ldi.

Shuningdek, tashrif davomida TATUda amalga oshirilayotgan «Integrallashgan axborot tizimi» loyihasi doirasida joriy etilishi rejalashtirilgan ta’limni boshqarish dasturiy ta’minoti bilan tanishish maqsadida Koreya ta’lim va tadqiqot axborot xizmati markazi, Pohang fan va texnologiyalar universiteti, Kyunghi universiteti, Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ta’limni boshqarish tizimiga oid dasturiy mahsulotlar, Seul raqamli universitetida mavjud akademik kredit tizimi, Koreyanining Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim dasturlarida joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishildi.

Foto: TATU

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida masofaviy ta’lim yo‘nalishida bir qancha amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, Seul kiber universiteti bilan masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan «blended learning» texnologiyasini joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.

G‘ulomjon Nazarov,
TATU matbuot kotibi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring