Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-parkning Guliston filiali ochildi

IT-parkning Guliston filiali ochildi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 30-iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va Sirdaryo viloyat hokimi G‘.Mirzayev ishtirok etdi.

Foto: «Mitc.uz»

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali Prezidentimizning tomonidan parlamentga yo‘llangan Murojaatnomasida ko‘rsatilgan muhim va dolzarb vazifalarni va «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturidagi vazifalarni bajarish asnosida tashkil etildi.

Foto: «Mitc.uz»

Texnoparkda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kovorking markazi va o‘quv xonalari, biznes inkubator, kibersport xonasi tashkil etilgan.

Foto: «Mitc.uz»

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Guliston filialining umumiy yer maydoni 0,63 gektarni tashkil qiladi. Ikki qavatli, jami 1600 kvadrat metr maydonni egallagan bu ko‘rkam binoda 100 dan ortiq ish o‘rni yaratilib, 15 dan ortiq axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatadigan korxonalarni joylashtirish uchun ham mo‘ljallangan.

Foto: «Mitc.uz»

Filialda korxonalarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, yuqori tezlikdagi internet, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi, ofis maydonlari raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyati yaratilib, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun:

Sirdaryo viloyatida «5 ta muhim tashabbus»ning 3-tashabbus doirasida aholi, shu jumladan, yoshlar uchun kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni o‘rgatishga mo‘ljallangan hamda zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari 2019 yili Mirzaobod tumanida va 2020 yilning iyun oyida Sayxunobod tumanida tashkil etilgan.

Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi, robototexnika va arduino qurilmasida ishlash, veb va mobil ilovalar yaratishga oid jami 19 ta fan dasturlari ishlab chiqilgan.

Viloyatda joriy yil yakuniga qadar 4 ta (Xovos tumani, Yangiyer shahri, Oqoltin va Boyovut tumanlari) Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi, 2021 yil yakuniga qadar barcha shahar va tumanlarda jami 4 ta (Sirdaryo, Guliston va Sardoba tumanlari hamda Shirin shahri) markazlar ochiladi hamda yiliga 4 000 dan ziyod yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi o‘qituvchilarning malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring