Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«IT-Park»da BAA delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«IT-Park»da BAA delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: «IT-Park» matbuot xizmati

Kecha, 16-sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan BAA Kelajak vazirligi delegatsiyasi eng yaxshi davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha «mGovAward» tanlovini boshlash yuzasidan muzokara o‘tkazish maqsadida «IT-Park»ga tashrif buyurishdi.

Uchrshuvda «IT-Park» direktori Farhod Ibragimov va boshqa vakillar ishtirok etdilar. Muzokara davomida «mGovAward» respublika tanlovini boshlab beradigan ICTWEEK 2019 doirasida 26-sentyabr kuniga mo‘ljallangan «mGovAward» konferensiyasi, shuningdek, tanlovning boshqa masalalari borasida o‘zaro fikrlar almashildi.

Muhokama qilingan mavzular yuzasidan quyidagilarga kelishib olindi:

  • 2019-yil 1-oktyabrdan 1-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazish;
  • 2019-yil 1-dekabrdan 2020-yil 1-yanvargacha tanlovga arizalarni qabul qilishni tashkil etish;
  • 2020 yil mart oyida musobaqaning g‘oliblarini aniqlash.

«ICTWEEK UZBEKISTAN 2019» 2019-yilning 24-sentyabridan 27-sentyabrigacha bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir: Sammit, Forum, Ko‘rgazma, matbuot anjumanlari, shuningdek boshqa ko‘plab tadbirlar, taqdimotlar va aksiyalarini o‘z ichiga oladi!

Eslatib o‘tamiz, «mGovAward» – bu universitet talabalari orasida eng yaxshi davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha respublika tanlovi bo‘lib, u Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring