Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«IT-park» dasturlariga 16 yoshdan 67 yoshgacha nomzodlar ariza topshirdi

«IT-park» dasturlariga 16 yoshdan 67 yoshgacha nomzodlar ariza topshirdi

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki Texnologik park – AT Parkning ochilishiga bag‘ishlangan birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani xususida xabar berilgandi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, hozirda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalar qabul qilish jarayoni muvaffaqiyatli tarzda yakuniga yetgan. Qabul qilib olingan bir yuz uch (103) nomzod orasidan 41 % akseleratsiya dasturiga (42 ta ariza) topshirilgan bo‘lsa, qolgan 59 % (61 ta ariza) inkubatsiya dasturida qatnashish uchun yuborilgan. Ariza yo‘llaganlarning eng yoshi – 16 yosh, eng katta yoshli nomzod esa 67 yoshda. Foiz ko‘rsatkichida olinadigan bo‘lsa, ariza yuborganlarning 51% ni 16 dan 25 yoshgacha bo‘lganlar, 31% ni 26 dan 35 yoshgacha bo‘lganlar va 18 % ni 36 hamda undan yuqori yoshdagilar tashkil qiladi. Kelib tushgan arizalar orasida axborot texnologiyalarining quyidagi yo‘nalishlari yetakchilik qildi: Elektron tijorat 54 %, Onlayn ta’lim – 13 % va IoT – 12 %.

Tadbirda, shuningdek, AT Parki o‘z kasbining ustasi sifatida katta tajribaga ega bo‘lgan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilishi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, AT Parki o‘z mamlakatlaridagi axborot texnologiyalari sohasining yetakchi kuchiga aylangan tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantiradi. Hozirgi kunda AT Parki tomonidan «Software Technology Parks Of India» ( Nyu Dehli), «Tech-Nation» (London), Xalqaro Startaperlar Texnoparki «Astana Xab» (Nur-Sulton), Yuqori texnologiyalar sohasidagi Texnopark «AT-Parki» (Qozon), OOO «Eksadel» (Minsk), Mirzo Ulugbek Innovatsion Markazi», Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «Bussines School Humo Campus» MChJ, kovorking markazlar tarmog‘i «Ground Zero» va «C-Space» kovorking markazi kabi tashkilotlar bilan rasman hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring