Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«iPhone 12» necha pul? Dastlabki ma’lumotlar chiqdi

«iPhone 12» necha pul? Dastlabki ma’lumotlar chiqdi

Foto: «iPhones.ru»

Komiya niki ostida faoliyat olib boruvchi tahlilchi va insayder «iPhone 12» turkumiga kiruvchi smartfonlarning sxematik tasvirlari va taxminiy narxlarini tvitterda e’lon qildi.

Blogerda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «iPhone»ning ushbu turkumi 12, 12 Pro, 12 Max hamda 12 Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi. Dastlabki ikkitasida qo‘shkameralar, 12 Max va 12 Pro Maxda uchtalik kameralar o‘rnatiladi.

Katta modellar (12 Max va 12 Pro Max) 128, 256 va 512 gigabaytlik, 12 va 12 Pro modellari 128 va 256 gigabaytlik xotiralarda chiqarilishi kutilyapti.

Insayderga ko‘ra, «iPhone 12» smartfonlari narxi 700 dollardan boshlanadi (128 gigabaytlik qurimalar). 256 gigabaytlik qurilmalar uchun esa 800 dollarning bahridan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Xotira sig‘imiga qarab, 12 Max — 800/900 dollar, 12 Pro — 1000/1100 dollardan taklif etiladi. Uning top-versiyasi (512 gigabayt) narxi 1300 dollar. 12 Pro Max flagmani esa 1100, 1200 va 1400 dollardan sotiladi (128, 256 va 512 gigabayt).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring