Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram» akkauntni oson tiklab bermoqchi

«Instagram» akkauntni oson tiklab bermoqchi

Foto: «Teletype»

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga buzilgan akkauntlarini oson tiklashda yordam berish uchun yangi tizimni sinovdan o‘tkazyapti. Bu haqda «Engadget» portali xabar berdi.

Tiklanish jarayonida foydalanuvchilar o‘z elektron manzillari yoki telefon raqamlarini ko‘rsatishlari kerak — tizim ularga olti xonali kod raqamini jo‘natadi, uni akkauntni tiklash uchun faqat shu qurilmaning o‘zidan kiritish mumkin.

Mabodo xakerlar akkaunt nomini o‘zgartirib qo‘ysa, tizim uni vaqtincha bloklaydi va uni hech kim band etolmaydi. Hatto shu vaziyatda ham faqat akkaunt foydalanuvchisi unga kira oladi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha akkauntlari buzilgan foydalanuvchilar tizim ma’muriga tegishli so‘rovni yo‘llashga majbur edilar. Agarda yangi tizim ishga tushsa, foydalanuvchilar «Instagram» xavfsizlik xizmatiga murojaat qilmasdan ham o‘z akkauntlarini avtomatik tarzda tiklay oladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring