Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universitetiga so‘nggi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi (foto)

Inha universitetiga so‘nggi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 19-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida barcha abituriyentlar uchun Konsultatsiya kuni bo‘lib o‘tdi. Unda universitet ma’muriyati 2019-2020-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari haqida to‘liq ma’lumotlar berdi.

Abituriyentlar imtihon o‘tkazilish tartibi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish bilan birga o‘qituvchilardan amaliy maslahatlar va qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Har bir abiturentga o‘zining shaxsiy ID raqami tushirilgan brasletlar taqildi.

20-21-iyul kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida uchinchi oxirgi imtihon bo‘lib o‘tadi.

2019-2020-o‘quv yili uchun universiteti 420 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Kompyuter va dasturlash injiniring yo‘nalishida 300 nafar talaba va Logistika yo‘nalishiga 120 nafar talaba qabul qilinadi. 

Kirish imtihonlari yozma shaklda bo‘lib o‘tadi va har bir fan uchun 20 ta savolni o‘z ichiga oladi. Savollarga javob uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Savollar o‘rta ta’lim dasturi asosida tuzilgan bo‘ladi. Kompyuter va dasturlash injiniring yo‘nalishida umumiy ballning 70 foiziini matematika, 30 foiziini fizika tashkil qiladi. Logistika yo‘nalishida imtihon faqat matematika fanidan bo‘lib o‘tadi.

Imtihonning o‘tkazilishi va monitoringi uchun Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professorlari tashrif buyurishgan.

Eslatib o‘tamiz, imtihon o‘tkaziladigan har bir xonani kuzatish imkonini beruvchi onlayn translyasiya yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring