Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Havodan energiya». MTI xodimlari harorat o‘zgarishidan energiya hosil qiluvchi qurilmani yaratdi

«Havodan energiya». MTI xodimlari harorat o‘zgarishidan energiya hosil qiluvchi qurilmani yaratdi

Qurilmaning ishchi nusxasi harorat kun davomida 10 darajaga o‘zgarganida 1,3 millivatt energiya berdi.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Massachusets texnologiyalari instituti olimlari kun va tunning almashishi hisobiga o‘zgaradigan harorat orqali bepul elektr manbaini yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Energiya optimal nisbatli issiqlik quvvati va issiqlik o‘tkazuvchanligining murakkab materiallari sabab paydo bo‘ladi. Issiqlik rezonatori deb ataluvchi material tarkibida mis va nikeldan ishlangan va grafen bilan qoplangan metall ko‘pik mavjud. Ko‘pikdagi bo‘sh teshiklar havo o‘zgarganida qattiqlashuvchi xususiyatiga ega oktadekanlar bilan to‘ldirilgan. Kun davomida material issiqlikni yig‘ib boradi, elektr toki kerak bo‘lganida esa grafen plyonka bir lahzada issiqlik energiyasini chiqarib yuboradi.

Qurilmaning ishchi nusxasi harorat kun davomida 10 darajaga o‘zgarganida 1,3 millivatt energiya berdi — u bir nechta datchilar yoki aloqa tizimining ishlashi uchun yetarli hisoblanadi. Keyinchalik uning konstruksiyasi takomillashishi mumkin. Bu kabi qurilmalar kelajakda «aqlli» uylardagi qurilmalarni va internet jihozlarni energiya bilan ta’minlashda ishlatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring