Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedov kecha «Instagram» qirolichasini ham dog‘da qoldirdi

Habib Nurmagomedov kecha «Instagram» qirolichasini ham dog‘da qoldirdi

Foto: «Tofight.ru»

Kecha Abu-Dabi shahrida UFC 242 turniri chempionligi uchun jang o‘tkazilgani va unda UFCning yengil vaznda jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Pore ustidan ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar yetkazgandik.

Kechagi jang, g‘alaba Habibning aralash jang san’atida hozircha tanho ekanini tasdiqlash bilan birga, rus instagrami yetakchisiga ham aylantirdi. Uning «Instagram»iga a’zolar soni 16 million-u 341 ming kishidan oshdi.

Habib shu tarzda Rossiya shou-biznesi vakilasi, ijtimoiy tarmoqlarning qirolichasiga aylanib olgan qo‘shiqchi Olga Buzovadan ham o‘tib ketdi. Habibning muxlislari endi Buzovaning muxlislaridan bir necha o‘n ming nafarga ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring