Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda Gruziya va Turkiyadan o‘tib ketdi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda Gruziya va Turkiyadan o‘tib ketdi

«Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020-yil aprel oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index jahon reytingida O‘zbekiston simli internet tezligi tezligi bo‘yicha yana bir pog‘onaga ko‘tarildi.

Reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 94-pog‘onani egallab turibdi. Shunday qilib, bir yil davomida 37 pog‘ona ko‘tarilishga erishildi. Ya’ni, 131-o‘rindan 94-pog‘onagacha.

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barobarga o‘sgan: 2019-yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/c. bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yil aprel holatida 25,88 Mbit/c.ni (yuklash) tashkil etmoqda.

2020-yil aprel holatiga ko‘ra respublikamiz simli internet tezligi bo‘yicha bir qator davlatlardan oldinda: Gruziya (95-o‘rin), Turkiya (97-o‘rin), Ozarbayjon (114-o‘rin), Tojikiston (99-o‘rin) va Turkmaniston (174-o‘rin).

Ma’lumot uchun: Speedtest internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilari tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va doimiy ravishda reyting tayyorlab, e’lon qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring