Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘oliblar 600 million so‘mni bo‘lishib oldi

G‘oliblar 600 million so‘mni bo‘lishib oldi

Foto: «IT-Park»

«Ucell Mobile Challenge 2019» tanlovi g‘oliblari birinchi uch o‘rinni va sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mni bo‘lishib olishdi.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi binosida «Ucell» va IT-Park tomonidan tashkillashtirilgan «Ucell Mobile Challenge 2019»  mobil ilovalar ishlab chiqish tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblari quyidagilar bo‘ldilar:

  • 1-o‘rin – (300 mln. so‘m) «Ucell Cashback System» – abonentlar bilan aloqada bo‘lishga yordam beruvchi to‘lov ilovasi funksionaliga ega keshbek-platforma;
  • 2-o‘rin – (200 mln. so‘m) IZY – ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni monetizatsiya qilish imkoniga ega onlayn-agregator;
  • 3-o‘rin – (100 mln. so‘m) Retail Research – biznes-jarayonlarni takomillashtirish uchun tezkor va qulay jihoz.

G‘olib jamoalardan har biri bilan shartnomalar tuziladi va ular asosida loyihalar asoschilari 3 oy mobaynida o‘z mahsulotlarini yakuniga yetkazib, mazkur ilovalarning ishga tushirilishida hamda keyinchalik amaliyotga joriy qilinishida ishtirok etishlari lozim bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring