Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung Galaxy M52: smartfon rasmiy taqdimotiga to‘rt kun qolganida barcha xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy M52: smartfon rasmiy taqdimotiga to‘rt kun qolganida barcha xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Foto: «Samsung»

Samsung Galaxy M52 smartfoni rasmiy taqdimoti 28-sentyabrga belgilangan. Shunga qaramasdan, kompaniya ayrim Yevropa mamlakatlaridagi rasmiy sahifalarida yangi qurilmasi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirdi. Bu haqda «iXBT» yozmoqda.

Yangi qurilma A52s smartfonining soddalashtirilgan ko‘rinishini eslatadi, deyiladi nashr xabarida.

Smartfon hozircha nomi ma’lum qilinmagan sakkiz yadroli, 5Gni qo‘llovchi platformada ishlaydi. Ayrim manbalar gap Snapdragon 778G protsessori haqida ketayotganini taxmin qilishmoqda, biroq koreys kompaniyasi bu farazlarni hozircha tasdiqlagan emas.

Foto: «Samsung»

Galaxy M52 texnik xususiyatlari:

  • Xotira: operativ — 6 Gb; ichki — 128 Gb; microSD uchun joy ajratilgan;
  • Ekran: 6,7 dyuym, Super AMOLED displey (2400x1080 piksel);
  • Kamera: frontal — 32 Mp; asosiy — uch datchikli 64, 12 va 5 Mp;
  • Akkumulyator — 5000 mAs;
  • Qurilma o‘lchamlari — 164,2x76,4x7,4 mm, og‘irligi — 174 g.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring