Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Future Skills Uzbekistan» – respublika miqyosidagi tanlov e’lon qilindi

«Future Skills Uzbekistan» – respublika miqyosidagi tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Artel Group, RevoTech va Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan AKT maktabi bilan hamkorlikda «Future Skills Uzbekistan» respublika tanlovi haqida ma’lum qildi.

Tanlov ikki yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

  1. Muhandislik loyihalari;
  2. Robototexnika.

Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z loyihalarini taqdim qilishlari lozim bo‘ladi:

  • Muhandislik loyihalashtirish yo‘nalishlari;
  • Sanoatni avtomatlashtirish;
  • Qishloq xo‘jaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;
  • Logistikani avtomatlashtirish;
  • Mashinasozlik;
  • Avtomobilsozlik;
  • 3D modellashtirish va prototiplashtirish.

Robototexnika yo‘nalishlari:

  • Tibbiyot robotlari;
  • Maishiy robotlar;
  • Manipulyatorlar;
  • Androgen robotlar;
  • Robosimulyatorlar.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchisi – 2020 yilning 15 avgustdan 15 sentyabriga qadar bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichi. Ikkinchisi – final bo‘lib, 2020 yilning 18 sentyabridan 20 sentyabriga qadar o‘tkaziladi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan istagan shaxs qatnashishi mumkin.

Kichik yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 16 yoshgacha.

Katta yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 30 yoshgacha.

Ro‘yxatdan o‘tish 2020 yilning 24 iyuldan 14 avgustga (shu kuni ham) qadar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://clck.ru/PqWSS

Tanlov haqida yanada batafsil ma’lumot: https://futureskills.uz/

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring