Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Filmni tomosha qilishda ob’yektlarga «teginish» imkonini beradigan 4D-ko‘zoynak yaratildi

Filmni tomosha qilishda ob’yektlarga «teginish» imkonini beradigan 4D-ko‘zoynak yaratildi

Ekrandagi ob’yektlarga qo‘l bilan tegina olish imkonini beradigan 4D-ko‘zoynakni yaratildi.

Foto: «Hi-News»

Kaliforniya universiteti ixtirochilari film tomosha qilayotganida ekrandagi ob’yektlarga qo‘l bilan tegina olish imkonini beradigan 4D-ko‘zoynakni yaratdi, deb xabar berdi «Hi-News».

Ko‘zoynaklar samaradorlikni oshirib, filmni tomosha qilish vaqtida qo‘shimcha hissiyotni yuzaga keltirib, foydalanuvchiga tom ma’noda «teginish» imkonini beradi. 

Ko‘zoynak ixtirosida miyaning ko‘rish qobiliyati va qo‘l bilan teginilganida his qilish imkoniyatini yuzaga keltiradigan sohasini o‘rganuvchi neyrobiologlar ham ishtirok etgan. Ushbu ko‘zoynak miyani aldash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, olimlarga miya ishining mexanizmini tadqiq qilishda yordam beradi. Bundan tashqari ixtirochilarning ta’kidlashicha, ko‘zoynaklar qo‘shimcha virtual reallikni paydo qilishda ayni muaddao.

Ob’yekt odamga «yaqinlashayotganida» qurilma ichidagi kichik generatorlar yordamida hosil qilingan havo oqimini his qiladi. Shu bilan birga, mexanizm muayyan vaqt ichida sodir bo‘ladi — ideal ta’sir effektiga 800 va 1000 mikrosoniya oralig‘ida erishiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring