Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farhod Ibragimov: «Biz uchun dunyo miqyosida «IT Park» emas, startaplarimiz tanilishi muhimroq!»

Farhod Ibragimov: «Biz uchun dunyo miqyosida «IT Park» emas, startaplarimiz tanilishi muhimroq!»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi texnologik park — iqtidor egalari o‘z g‘oyalarini istiqbolli biznes loyihalariga aylanishiga ko‘mak beradigan «IT Park»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Ochilish marosimida qayd etilishicha, yaqin kelajakda «IT Park» uchun kovorking markazi, AT-akademiya, AT-laboratoriya va AT-mehmonxonani o‘z ichiga oluvchi uchta yangi binoni topshirish, shuningdek, boshqa hududlardagi yoshlar o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun yengillik yaratish maqsadida mamlakatimiz mintaqalarida ham «IT Park»ning filiallarini ochish rejalashtirilgan.

«Shuni ta’kidlashni xohlardimki, biz yaratayotgan eko-muhit, albatta, faqat texnologik infratuzilmaning o‘zidangina iborat bo‘lmaydi va binoning ochilishi – shunchaki dastlabki qadam, asosiy ish esa hali oldinda. Jahon bozorida talabgir bo‘lgan yakuniy mahsulotga urg‘u bergan holda startaplarni rivojlantirishga qaratilgan kontent yaratish – bizning asosiy maqsadimizdir. Biz startap loyihalarini «boshdan-oyoq» qo‘llab-quvvatlab, jahon startaplari darajasiga chiqarmoqchimiz. Ushbu masalaga tubdan yondashmoqdamiz, ya’ni kelgusida biz uchun startap loyihalari «generatorlarini» yetishtirib beradigan AT-akademiyani ham ishga tushiryapmiz. Alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman, biz uchun dunyo miqyosida «IT Park» emas, startaplarimiz tanilishi muhimdir!», — deydi «IT Park» direktori Farhod Ibragimov.

Eslatib o‘tamiz, «IT Park» rezidentlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida belgilangan imtiyozlarga ham ega bo‘ladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring