Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» musiqa janrlarini o‘zgartirishni o‘rganib oldi (video)

«Facebook» musiqa janrlarini o‘zgartirishni o‘rganib oldi (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Facebook Recearch» tadqiqotchilari bir musiqani boshqasiga aylantirish (boshqa musiqa asbobi, uslubi va janrini) usulini yaratdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Dasturchilar mazkur texnologiyani bir nechta kompozitsiya ijrosida namoyish etdi, hozircha robot musiqalarni Motsart simfoniyasiga yaxshi aylantirmoqda.

Ayni vaqtda texnologiyani mukammal deb atab bo‘lmasa-da, sintezlangan musiqani taniy olish ham oson ish emas. Tadqiqotchilar bir necha musiqachi va oddiy ko‘ngillilardan neyrotarmoq ishini orginal kompozitsiyadan ajratishni iltimos qilib ko‘rdi.

Buning uchun ularga oltita musiqani tasodifiy ravishda eshitib ko‘rish taklif etildi, ular orasida faqatgina bitta musiqa haqiqiy bo‘lgan. Test natijalariga ko‘ra, aksariyat odamlar Motsart va robot yaratgan kompozitsiyalarini ajrata olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring