Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» logotipini yangiladi (foto)

«Facebook» logotipini yangiladi (foto)

Foto: «Anycoin»

«Facebook» korporatsiyasi yangi logotipini taqdim etdi. Foydalanuvchilar «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ini kompaniyaning boshqa dasturlaridan ajratib olishini osonlashtirish uchun shu ishga qo‘l urilgan.

Yangi logotip katta harflarda va ko‘plab yorqin ranglarda aks ettirilgan.

Foto: «SlashGear»

«Odamlar o‘zlari foydalanayotgan mahsulotlarni qaysi kompaniyalar tayyorlaganini bilishlari kerak. Bizning asosiy dasturlarimiz: Facebook, Messenger, Instagram, WhatsApp, Oculus, Workplace, Portal va Calibra», — deyiladi «Facebook» kompaniyasi xabarida.

Kompaniya yaqin orada yangi logotipini barcha dasturlarida qo‘llashni boshlashi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring