Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa ittifoqi smartfonlarga almashtiriluvchi batareyalarni qaytarmoqchi

Yevropa ittifoqi smartfonlarga almashtiriluvchi batareyalarni qaytarmoqchi

Foto: «Techtoday.in.ua»

Yevropa ittifoqida ishlab chiqaruvchilarni smartfonlarni ort qopqoq bilan chiqarish (batareyalarni almashtirish uchun)ga qaytarish tashabbusi ko‘rib chilmoqda, deyiladi «Astera.ru» xabarida.

Ilgarilari foydalanuvchilarning o‘zlari ham smartfonlari akkumulyatorlarini yangisiga almashtira olishardi, endi esa barcha smartfonlar «quyma» usulda tayyorlangani bois, akkumulyatorni yangilash uchun servis markazlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

To‘g‘ri, «eski usul»ga qaytish tashabbusi hozircha qog‘ozda. Mart oyida uni ovozga qo‘yishadi, qayta ishlashga jo‘natishlari yoki umuman qabul qilmasliklari ham mumkin.

Bu tashabbus juda jiddiy o‘zgarishlarni ko‘zda tutgani bois (smartfonlar yana qalinlashadi, chang va namlikdlan himoyasi susayadi, qopqoqli telefonlarda bu ishni bajarish juda murakkab va qimmatga tushadi) qabul qilinmaslik ehtimoli ancha yuqori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring