Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa ittifoqi: endi navbat«iPhone»ga

Yevropa ittifoqi: endi navbat«iPhone»ga

Foto: «Money.cnn.com»

Smartfonlarda quvvatlash uchun bitta port ishlatilishi to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi — Yevroittifoq muvofiqlashtiruvchilari hozir shu masalani ko‘rib chiqishmoqda. «Reuters» agentligi xabar berishicha, agarda ittifoq mas’ullari har bir ishlab chiqaruvchi o‘z quvvatlash moslamasini ishlatishini noto‘g‘ri deb topishsa «Apple» kompaniyasi o‘z «ayfon»larida qo‘llab kelgan «Lightning» portidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda matbuot vakillariga YeI ning raqobat bo‘yicha komissari Margret Vestager ma’lum qildi. Vestagerning so‘zlariga qaraganda, YeI qurilma ishlab chiqaruvchilarni o‘z smartfonlariga bir xil port o‘rnatishga majbur qilishi mumkin, demakki, quvvatlash qurilmalari ham bir xil bo‘ladi. Bu chora nazariy jihatdan chiqindilar miqorini kamaytirishga xizmat qilishi va foydalanuvchilarni noqulayliklardan xalos qilishi kutilmoqda. Yangi qabul qilinadigan qonunning «qurbon»laridan biri «Apple» kompaniyasining «Lightning» porti tatbiq etilgan «iPhone» smartfonlari bo‘lishi mumkin.

Bu chorani Yevrokomissiya o‘n yil ilgari ham taklif qilgandi. 2009-yili «Apple», «Samsung», «Huawei» yangi smartfonlarini bir xil quvvatlagichlar bilan chiqarishga kelishib olgandi. Vaqt ko‘rsatyaptiki, «Apple» o‘z qaroridan qaytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring