Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng kuchli android-smartfonlarning fevral reytingi — «AnTuTu»

Eng kuchli android-smartfonlarning fevral reytingi — «AnTuTu»

Foto: «PhoneWorld»

«AnTuTu» eng kuchli protsessorlarga ega android-smartfonlarning fevral oyi uchun reytingini chiqardi. Ushbu reytingda fevral oyida sotuvga chiqqan smartfonlar ham hisobga olindi.

Demak, fevral oyida sotilayotgan smartfonlar orasida eng kuchlilari deya «Xiaomi Mi 10 Pro» hamda «Xiaomi Mi 10» e’tirof etildi — bular TOP-10ga kirgan smartfonlar orasida «Snapdragon 865» protsessorlarida ishlovchi yagona qurilmalardir.

«Galaxy S20» fevralda taqdim etilgani bilan Xitoyda martdan sotuvda paydo bo‘ladi, shuning uchun ham uni reytingga kiritishmadi.

«AnTuTu» testidagi qolgan smartfonlar — o‘tgan yilgi flagmanlar. Uchinchi o‘rinda — «Vivo iQOO Neo 855», keyingi o‘rinda — «Vivo iQOO Pro 5G».

TOP-10dagi qolgan smartfonlar ketma-ketligi: «OnePlus 7T», «OnePlus 7T Pro», «Vivo Nex 3 5G», «Honor V30 Pro 5G», «Asus ROG 2» hamda «Realme X2 Pro».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring