Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng boy amerikaliklar pandemiya chog‘i yanayam boyib ketishdi

Eng boy amerikaliklar pandemiya chog‘i yanayam boyib ketishdi

Foto: «Ria.ru»

Amerikalik milliarderlar, mamlakat global pandemiya o‘chog‘i bo‘lib turishiga qaramay, o‘z boyliklarini yanada oshirib olishdi.

Ikki oy ichida — 18-martdan 19-maygacha bo‘lgan oraliqda «AQShning +600 eng boy insoni» ro‘yxatida turgan insonlar birgalikda 434 milliard AQSh dollari ishlashdi. Mart oyida mamlakatda 614 nafar milliarder bor edi, may oyida ularning soni 630 nafarga yetdi.

Pandemiya sharoitida eng ko‘p boyigan inson «Amazon» rahbari Jeff Bezos bo‘ldi (+34,6 milliard dollar). Keyingi o‘rinlarda: «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg (+25,3 mlrd.), «Microsoft» asoschisi Bill Geyts (+8 mlrd.), «Oracle» asoschilaridan biri Larri Ellison (+7 mlrd.), «Berkshire Hathaway» rahbari Uorren Baffet (+564 mln. dollar).

Guvohi bo‘lganingizdek hammasi asosan texnologiya kompaniyalari xo‘jayinlari, butun dunyo bo‘ylab harakatlanishga cheklovlar o‘rnatilgani ortidan ko‘p ishlar onlaynga o‘tkazilgani uchun bu sektor yaxshi daromad keltirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring