Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng arzon «iPhone SE» qachon chiqadi?

Eng arzon «iPhone SE» qachon chiqadi?

«Apple iPhone SE».

Foto: «Twitter»

«Apple» ekspertlari «iPhone SE» uchinchi avlodi ustida izlanishmoqda, ta’minotchilar kerakli butlovchi qismlarni tayyorlashga kirishgan. Bu haqda «JP Morgan» tahlilchisi Uilyam Yangga asoslanib «Wccftech» xabar berdi.

Hamma arzon «ayfon»ni intiqlik bilan kutyapti, biroq hamyonbop «iPhone» faqat 2022-yil boshlarida tayyor bo‘ladi. Smartfonning tashqi ko‘rinishi 2018-yilda chiqarilgan «iPhone XR» ko‘rinishida bo‘ladi.

Ammo hamyonbop smartfonlar faqat «SE» bilan cheklanmaydi. Ikkinchisi ham bor: ma’lum va mashhur «iPhone 11»ning ham budjet talqini chiqariladi. Bu smartfonlarga «A14 Bionic» protsessorlari o‘rnatiladi.

Yangi va arzon «ayfon»larning aniq narxi hozircha ma’lum emas. Chiqarilish sanasi ham aniq ko‘rsatilmagan — bir yil kutishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring