Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi metroda ham mobil telefon ishlaydi. «Usell» ikki muhim tashabbusni e’lon qildi (video)

Bugun, 25-sentyabr kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida an’anaviy «ICTEXPO» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmaning birinchi kunida «Usell» kompaniyasining ikki muhim tashabbusiga start berildi.

Birinchisi, «Huawei» kompaniyasi bilan hamkorlikda harakatlanuvchi mobil radioaloqa tarmoqlarida yuqori tezlikdagi keng polosali simsiz texnologiyalarning beshinchi avlodi (5G) joriy etilishining boshlanishi.

Ikkinchisi, Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi «Amir Temur xiyoboni» va «Mustaqillik maydoni» bekatlarida «Metrotelecom» bilan hamkorlikda «Usell» mobil tarmog‘ining ishga tushirilishi. Bu loyiha poytaxt metrosida mobil aloqaning 3G va 4G tarmoqlaridan foydalanish imkonini beradi. Shu tarzda endilikda metroda mobil aloqa va internetdan foydalanish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Ikki muhim tashabbusning start berilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan, Amiti universiteti prezidenti Atul Chauxan va boshqa martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Kompaniya bosh direktori Vladimir Kravchenkoning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar uchun sinov tartibidagi 5G qurilmasining namoyishi o‘tkazildi. Bu yerda 5G texnologiyasining afzalliklarini amalda sinash hamda ushbu innovatsion texnologiyalarning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Qayd etilishicha, 5G texnologiyasi sayyoramizning sanoqli mamlakatlarida endi-endi tatbiq qilinmoqda. Bugungi «start»dan so‘ng ushbu mamlakatlar qatoriga O‘zbekiston ham kirmoqda...

Barchasi haqida Vladimir Kravchenkoning «Xabar.uz»ga bergan yuqoridagi videointervyusidan batafsil bilib olishingiz mumkin.

27 sentyabr sanasiga qadar davom etadigan «ICTEXPO-2019» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasidan qiziqarli reportajlarni davom ettiramiz. «Xabar.uz»ni kuzatib boring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring