Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elyor G‘aniyev qayerda?

Elyor G‘aniyev qayerda?

Foto: Fantom Foundation

2020-yil yanvar oyidan buyon Transport vaziri sifatida ishlab kelgan Elyor G‘aniyev o‘tgan yilning yozida lavozimidan ozod etilgandi. 

O‘shanda uning boshqa ishga o‘tayotgani sabab qilib ko‘rsatilgani aytilsa-da, G‘aniyevning yangi ish joyi noma’lumligicha qolgandi.

Besh yil davomida (2012—2017 yillar) Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri sifatida, 2019-2020-yillarda Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan bo‘lgan taniqli amaldor o‘tgan bir yil davomida qayerda edi?

Ma’lum bo‘lishicha, Elyor G‘aniyev «AG Mentors Group» kompaniyasini tashkil qilgan va ushbu kompaniya yaqinda Fantom Foundation bilan O‘zbekistonda blokcheynni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

«Biz Fantom Foundation O‘zbekistonga kirib kelganidan xursandmiz! Yangi texnologiyalarni joriy etish, elektron hukumatni tashkil etish va raqamli davlat xizmatlari ko‘rsatish O‘zbekiston hukumatining kelgusi islohotlarida muhim rol o‘ynaydi», deydi Elyor G‘aniyev.

AG Mentors Group — IT, sun’iy intellekt va muqobil energiya sohalariga ixtisoslashgan konsalting kompaniyasi hisoblanadi.

Fantom EVM-muvofiq platforma bo‘lib, aBFT konsensus protokoli asosida qurilgan. Tranzaksiyalar 1 soniya ichida tasdiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring