Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugundan yangi telekanal ish boshladi

Bugundan yangi telekanal ish boshladi

«Nurafshon TV» telekanali  2022-yil 17-yanvardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida efirga uzatilishi boshlandi.

Prezident qarori bilan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlardan aholining xabardorlik darajasini kengaytirish  maqsadida Toshkent viloyatida «Nurafshon TV» telekanali tashkil etilishi belgilangandi.

Mazkur qarordan kelib chiqib, AKT vazirligining buyrug‘i bilan «RRTM» DUKga O‘zMTRK bilan birgalikda «Nurafshon TV» telekanalini efirga uzatishni texnik tomondan amalga oshirish vazifalari yuklatilgandi.

«RRTM» DUK tomonidan texnik tadbirlar amalga oshirilib, Toshkent teleminorasi, Angren, Shougaz, Chorvoq va Bekobod radioteleuzatish stansiyalar orqali «Nurafshon TV» telekanalini  2022-yil 17-yanvar kunidan boshlab test tariqasida efirga uzatilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring