Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu — rekord: AQSh hukumati «Facebook»ga 5 mlrd. dollar jarima soladi

Bu — rekord: AQSh hukumati «Facebook»ga 5 mlrd. dollar jarima soladi

AQSh federal savdo komissiyasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari sizdirilishi bilan bog‘liq tergov doirasida «Facebook» tomonidan 5 mlrd. dollar jarima to‘lanishi haqidagi kelishuvni ma’qulladi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Biroq, kelishuvda «Facebook»ning foydalanuvchilar ma’lumotlari bilan ishlashida boshqa cheklovlar ham o‘rnatilishi qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, kelishuv ijobiy yakun topsa, 5 mlrd. dollar jarima — komissiya tomonidan undirilgan eng katta jarima bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil mart oyida «Facebook»ning 87 million foydalanuvchisiga tegishli ma’lumotlar «Cambridge Analytica» kompaniyasi orqali sizdirilgani oshkor bo‘lib, katta mojaro yuzaga kelgandi. 1-iyul kuni AQSh kongressi ushbu ma’lumotlarni «Facebook» 52 kompaniyaga ulashganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring