Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bir million Xorazmiy dasturchilari». O‘zbekistonda yirik dastur start oladi

«Bir million Xorazmiy dasturchilari». O‘zbekistonda yirik dastur start oladi

O‘zbekistonda keng masshtabli — «One Million Khorezmi Coders» (Bir million Xorazmiy dasturchilari) IT-dasturi ishga tushirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirligi davlatiga joriy yilning mart oyida amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, shuningdek, BAAda O‘zbekistonning yuqori martabali hukumat delegatsiyasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini faollashtirish bo‘yicha ikki mamlakat davlat ishlarida bilim va tajriba almashish orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dasturlash sohasida, «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi bosh direktorining o‘rinbosari Abdulaziz Al-Jazairi jamg‘armaning «One Million Arab Coders» loyihasini O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish taklifini bildirdi. Ishchi guruh ushbu konsepsiyani o‘zbek kontekstiga moslashtirish va «One Million Khorezmi Coders»  nomli mahalliy tashabbusni amalga oshirish uchun yuqori darajadagi rejani ishlab chiqdi.

«One Million Arab Coders» — bu eng yaxshi talabalar va murabbiylar uchun ish o‘rinlari, mukofotlar va stipendiyalarni taqdim etadigan umummilliy ta’lim dasturi.

Ushbu tashabbus yosh avlodni kelajakda dasturlashni o‘rganish orqali mehnat bozori uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Dasturning maqsadi raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar avlodini tayyorlash, ularni raqamli transformatsiya orqali kelajakni tushunish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar bilan jihozlash hisoblanadi.

Ushbu qo‘shma tashabbus Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek, IT-park va «Digital Generation» bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Barcha imtiyozlar — talabalar, murabbiylar, universitetlar va boshqalar uchun.

Talabalar:

«One Million Khorezmi Coders» dasturi ko‘plab talabalar uchun yangi ish joylarini yaratishga yordam beradi. Nano Degree stipendiyasi eng yaxshi deb topilgan talabalarga xalqaro kompaniyalarda o‘z malakalarini oshirishga imkon beradi.

Talaba — bu dasturda onlayn ravishda o‘qitish paytida «One Million Khorezmi Coders» dasturining axborot resurslaridan foydalanadigan dastur qatnashchisi.

Mentorlar:

«One Million Khorezmi Coders» dasturi mentorlarga malaka oshirish va IT-ta’limida yangi yondashuvlarni o‘rganishga yordam beradi. Murabbiylar loyiha uchun moliyaviy foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Universitet:

«One Million Khorezmi Coders» dasturi ishtirok etuvchi universitetlarga eski tuzilmalarni va fikrlash usullarini yengishga va yangi texnologiyalar, jarayonlar hamda kelajakdagi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda o‘quv g‘oyalaridan foydalanishga yordam beradi.

Mentor — tanlov tashkilotchilari yoki sheriklari tomonidan loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish jarayonida talabalar bilan ishlash missiyasi bo‘yicha tayinlangan mutaxassis.

Talaba uchun talablar:

  • 13 yoshdan oshgan bo‘lishi va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi lozim;
  • Oliy ma’lumot talab qilinmaydi.

Mentorlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Jamoada ishlash qobiliyati;
  • O‘zbek tilida ravon so‘zlasha olish;
  • Android Basics, Java, HTML, Javascript, CSS, Python bilan ishlashda kamida 1 yillik professional tajribaga ega bo‘lish;
  • Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillarini tushunish.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 60 nafar mentor «Udacity»ning yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh tomonidan o‘qitiladi. Mentorlarning loyihaga qo‘shilishlari uchun hech qanday cheklovlar yo‘q.

Bundan tashqari, mentorlarga qatnashchilarni o‘qitish uchun yuqori maosh kafolatlangan.

Mentorlik onlayn rejimida o‘tkaziladi, shuning uchun ular platformadan va kurs tarkibiga oid umumiy savollarga javob berishda ishtirokchilarning qo‘llab-quvvatlashini talab qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring