Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 51 nafar ishtirokchi nanodiplomni qo‘lga kiritishi mumkin

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 51 nafar ishtirokchi nanodiplomni qo‘lga kiritishi mumkin

Foto: IT-Park

Respublikamizda aholining keng qatlamini maxsus masofaviy onlayn-portal orqali AKT-yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlashga qaratilgan yirik loyiha — «Bir million dasturchi» («One Million Uzbek Coders») loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAAning «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushirildi.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd va FullStack. Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

Platforma 2019-yil 21-noyabr kuni ishga tushirildi va 2020-yil 1-mart kuni o‘quvchilar o‘rtasida birinchi imtihon o‘tkazildi. Imtihon topshirish uchun 116 nafar ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, keyingi bosqichga 51 nafar ishtirokchi chiqdi. «Udacity.com» loyihasida o‘qishni yakunlagandan keyin ishtirokchilar nanodiplomni (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring