Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bepul Wi-Fi bo‘lmaydi: «Google» olamshumul loyihasini bekor qildi

Bepul Wi-Fi bo‘lmaydi: «Google» olamshumul loyihasini bekor qildi

Foto: «SlashGear»

Xorij ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, «Google» kompaniyasi sayyoramiz aholisini bepul Wi-Fi bilan ta’minlashga qaratilgan olamshumul «Station» loyihasini bekor qildi.

Mobil internet arzonlashib ketdi, «Google» loyihasini amalga oshirish uchun esa pichoqqa ilingulik biznes-model yaratishning iloji bo‘lmadi.

Foto: PUNIT PARANJPE / AFP / Getty Images

Kompaniya vakillariga ko‘ra, «Station»ga endi ehtiyoj yo‘q. «Google» ushbu loyihasini omma e’tiboriga birinchi marta 2016 yilda taqdim etgan va butun dunyo bo‘ylab bepul internet joriy etishga va’da bergandi.

Ammo keyinchalik loyiha «o‘xshamadi», ushbu biznesni rivojlantirishning istiqbolli yechimlari topilmadi.

Loyiha butunlay to‘xtatildi, shu paytgacha o‘rnatilgan baza stansiyalari esa ulardan foydalanishni istagan hamkorlarga taklif etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring