Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayg‘oqchi ko‘zoynak» taqdim etildi

«Ayg‘oqchi ko‘zoynak» taqdim etildi

Foto: «TechCrunch»

«Snapchat» kompaniyasi «Spectacles V2» kamerasi o‘rnatilgan yangi ko‘zoynaklarni taqdim etdi. Qurilma o‘zining oldingi versiyalardan farqli o‘laroq, oddiy quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklarga o‘xshab ketadi, deb xabar berdi «Layfxaker».

Mazkur ko‘zoynaklar suvdan himoyalangan, ancha yorqin oynalar bilan jihozlangan. «Spectacles V2» gardishi ingichka va smartfonlar bilan tez sinxronlashadi.

«Spectacles V2» ko‘zoynagi. Foto: «Layfxaker»

Maxsus tugmani bosish orqali suratga olish yokini 10 soniyali videoni tasvirga tushirish mumkin. Qo‘shimcha bosishlar orqali videoni 30 soniyagacha uzaytirsa ham bo‘ladi. Mikrofon shamol shovqinini olib tashlaydi va ovoz balandligini muvozanatlashtiradi.

Smartfon bilan sinxronlashtirish uchun «Bluetooth» yoqish va suratga olish tugmasini yetti soniya bosib turish kifoya. Shuningdek, ko‘zoynak akkumulyatori va xotira sig‘imi ham kattargan. Qurilma ushbu imkoniyatlar yordamida bir hafta ishlash va 70 ta videorolikni tasvirga olishi mumkin.

«Spectacles V2» 3 maydan boshlab AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Fransiyada, shuningdek, Yevropaning yana 13 ta davlatida sotuvga chiqadi. Ko‘zoynak narxi 150 dollarga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring