Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arzon «ayfon» taqdimoti qachon?

Arzon «ayfon» taqdimoti qachon?

Foto: «BGR.com»

«Apple» yangi qurilmalarini 31 mart kuni taqdim etadi. Bu haqda «iPhone-Ticker» sayti xabar berdi.

Taqdimot kunining bosh anonsi kompaniyaning ixcham va nisbatan ancha arzon narxda sotilishi kutilayotgan «iPhone 9» smartfoni bo‘lishi kutilyapti. Arzon «ayfon» 3 apreldan sotuvga chiqadi. Xabarlarga ko‘ra, xuddi shu kuni yangilangan «iPad Pro» hamda «AirTag» ham taqdim etiladi.

«Apple» kompaniyasi odatda o‘z taqdimotlarini bahorning birinchi oyida o‘tkazadi: masalan, o‘tgan yilning bahorida «Apple News+» hamda «Apple Arcade» servislari taqdim etilgandi, 2018 yil mart oyi oxirida esa yangi va hamyonbop «iPad» yaratilishi haqida jurnalistlarga ma’lum qilingandi.

Xuddi shu taqdimot kuni yoki ikki-uch kun o‘tib, «Apple» mobil qurilmalar uchun operatsion tizimining yangi talqini — «iOS 13.4»ni ham taqdim etishi ehtimolda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring