Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Aqlli» dorilarni yaratish bo‘yicha yangi texnologiya ishlab chiqildi

«Aqlli» dorilarni yaratish bo‘yicha yangi texnologiya ishlab chiqildi

Foto: «Icl-services.com»

Buyuk Britaniyalik biomuhandislar CRISPR genlarini tuzatuvchi moslamadan foydalanib, tananing kerakli nuqtasida bo‘shalishga dasturlangan dori hamda infeksiyani tashxislashning yangi asbobini yaratish bo‘yicha texnologiyani ishlab chiqishdi. Bu haqda «Nature» xabar berdi.

Kembrijdagi Massachusets instituti tadqiqotchilari ommalashib borayotgan CRISPR «genetik qaychi» texnologiyasidan foydalanishning yangi usulini o‘ylab topishdi. Olimlar DNK gidrogellarini ishlatishdi (polimer eritmalari DNK iplari o‘rniga qo‘llaniladi). Mazkur eritmani CRISPR/Cas12 DNK-fermentiga joylashdi, u DNKning muayyan izchilligini aniqlashga dasturlangan. Kerakli fragment aniqlangach, ferment belgilangan sohada uning iplari kesadi. Keyin esa yaqin oradagi DNK iplarini alohida kesadi. Natijada gidrogel shaklini o‘zgartiradi, ayrim vaziyatlarda esa to‘liq erib ketadi va foydali yukdan xalos bo‘ladi. Masalan, u shu tariqa saraton hujayrasi yoki infeksiya qo‘zg‘atuvchisiga aniq yetkaziladi.

So‘ngra olimlar boshqariluvchi CRISPR gidrogellarini elektron sxemaga birlashtirishdi. Gidrogel infeksiya qo‘zg‘atuvchisi belgilangan genetik material bilan uchrashganda DNK-ferment DNK zanjirlarini uzgan va elektr zanjir uzilgan. Ryukzakka joylashtirilgan bunday moslama yordamida tadqiqotchilar Ebola bezgagi qo‘zg‘atuvchisini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Laboratoriya sharoitida infeksiya namunalarini tatqiq etishga hojat qolmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring