Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» uch kamerali yangi «iPhone 11 Pro»ni taqdim etdi. Narxi 1000 dollar!

«Apple» uch kamerali yangi «iPhone 11 Pro»ni taqdim etdi. Narxi 1000 dollar!

Foto: macrumors.com

«Apple» korporatsiyasi o‘zining yangi – uch kamerali «iPhone 11 Pro» va «iPhone 11 Pro Max» smartfonlarini namoyish etdi. Tadbir translyasiyasi kompaniya saytida amalga oshirildi.

Yangi smartfon tashqi ko‘rinishidan o‘zidan avvalgi «iPhone Xs» va «Xs Max»dan ko‘p ham farqlanmaydi: ular 5,8 va 6,5 dyuym dioganalli ekranga ega bo‘lishdi. Korpusi ham oyna va po‘latdan tayyorlangan. Ekrani avvalgi modellarga qaraganda 15 foizga energiya tejovchi.

Asosiy kamera uchta moduldan iborat: keng ko‘rish burchagiga ega asosiy, o‘ta keng burchakli va zum-ob’yektivli kameralar. Har uchchala kamera ham 4K video yoza oladi. Yangi – Deep Fusion texnologiyasi bir vaqtning o‘zida to‘qqiztagacha foto suratga tushira oladi, ularning bari o‘ta yuqori sifatli bitta rasmga jamlanadi.

Smartfon to‘q yashil, qora va tilla rangda chiqariladi. «iPhone 11 Pro»ning narxi 1000 dollarga baholanmoqda, «Pro Max» esa — 1100 dolar. Smartfonlar 20 sentyabrdan sotuvga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring