Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Apple» endi xaridorga yoqmagan «iPhone»ni qaytarib oladi

«Apple» endi xaridorga yoqmagan «iPhone»ni qaytarib oladi

Foto: «360tv.ru»

«Apple» kompaniyasi «iPhone» xaridorga yoqmagan taqdirda uni qaytarib olish aksiyasini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda «Nation News» axborot agentligi xabar berdi. 

Aksiya «Qiyinchiliklarsiz qaytarish» deya nom oldi. Aksiya doirasida mijozlarga yangi iPhone sotib olish va keyinchalik u yoqmasa smartfonni do‘konga qaytarib olib kelib, pulni qaytib olish taklif etiladi. Buning uchun «iPhone»ga zarar yetmagan, barcha jihozlari va hujjatlari bo‘lishi lozim.

Do‘konga 14 noyabrdan 6 yanvarga qadar sotib olingan smartfonlarnigina qaytarish mumkin bo‘ladi. Qaytarish kuni 20 yanvargacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring