Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Apple» qaysi ayfonlarni chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi

«Apple» qaysi ayfonlarni chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi

«iPhone 11 Pro» va «iPhone XR»

Foto: «Apple.com»

13-oktyabrdagi taqdimotdan so‘ng, «Apple» kompaniyasi ayrim eski model «iPhone»larni ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

Bu yerda gap «iPhone»ning «XR» hamda «11 Pro» modellari haqida bormoqda. Bu modellar texnik xususiyat bobida yangilaridan ortda qolmoqda, qolaversa, foyda ham keltirmay qo‘ygan, deyiladi kompaniya vakillari iizohida.

«iPhone 11 Pro» o‘rniga foydalanuvchilar takomillashgan «iPhone 12 Pro» sotib olishlari mumkin. «XR»ga esa 2020 yil bahorida chiqqan «iPhone SE» munosib o‘rinbosar bo‘ladi», — deyiladi kompaniya xabarida.

2020-yilda «Apple» jami to‘rtta eski modeldagi smartfonni ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

Shunga qaramasdan, «to‘xtatilgan» smartfonlar to tugaguniga qadar sotuvda bo‘ladi hamda ular uchun dasturiy yangilanishlar taqdim etib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring