Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» 2019-yilning eng yaxshi o‘yin va ilovalari reytingini tuzdi

«Apple» 2019-yilning eng yaxshi o‘yin va ilovalari reytingini tuzdi

Foto: «Stereo»

«Apple» kompaniyasi 2019-yilning eng yaxshi o‘yin va ilovalari reytingini tuzdi. Ro‘yxat kompaniya rasmiy saytida e’lon qilindi.

«iPhone» uchun ilovalar orasida eng yaxshisi deya foydalanuvchilarga fotosuratlarni kutish tartibida olishda ko‘maklashuvchi «Spectre Camera» topildi. «Ayfon» uchun eng yaxshi o‘yin — «Sky: Children of the Light» kvesti.

«iPad» uchun ilovalar orasida  sketchlar chizuvchi «Flow by Moleskine» yetakchi, o‘yinlardan esa «Hyper Light Drifter» peshqadam bo‘ldi.

«Mac» uchun eng zo‘r ilova — GRIS. U «Affinity Publisher» grafik mahsulotida sahifalash uchun dasturni ajratishda qo‘l keladi.

«Apple TV» uchun eng yaxshi ilova sifatida ko‘rsatilgan «The Explorers» har bir foydalanuvchiga sayyoramiz haqidagi foto va videolarini o‘zaro ulashishda ko‘maklashadi. 80-yillardagi «Wonder Boy: The Dragon’s Trap»ning yangilangan talqini shu yo‘nalishda eng yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring