Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi «Digital City»da yirik loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Andijondagi «Digital City»da yirik loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Andijon shahrida joylashgan «Raqamli shahar»da yirik loyihalar taqdimoti tashkil etildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkil etilgan loyihalar taqdimotida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va AKT vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashevlar ishtirok etdi.

Taqdimotda «Monterra» platformasi orqali sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi sohasiga joriy etish hamda «Xonobod-TUR», «Mahalla», «Shifoxona», «Mehnat» va «Tomorqa» yagona axborot tizimlari loyihalari namoyish etildi.

Viloyat rahbari va vazir o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqilgan loyihalar yuzasidan qo‘shimcha takliflar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring