Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amiti universitetida maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Amiti universitetida maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Foto: «Mitc.uz»

Toshkent shahridagi Amiti universitetida 140 nafar abituriyentlar uchun birinchi ekskursiya va informatsion ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishi baland bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘z o‘qituvchilari bilan birgalikda universitetga tashrif buyurib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Maxsus auditoriyada o‘tkazilgan uchrashuvda universitetning ilmiy salohiyati, talabalar hayoti, o‘quv jarayoni, laboratoriyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari ushbu universitetga sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib qabul qilinsalar, ular uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi, sababi, kundan kunga sohaga bo‘lgan talab taklifning ortib borishi, bu yerda yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar ko‘lamini yana kengayishiga va yuksalashiga xizmat qilayotgani borasida ma’lumotlar berildi.

Amiti universiteti va talabalarning faol hayoti haqida videofilm namiyish etildi. Universitet talabalar turar joyiga ekskursiya tashkil qilinib, unda talabalar aqlli sinflar, o‘quv xonalari va dam olish maskanlarini ko‘zdan kechirdilar. Yosh mehmonlar universitet va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan mamnun bo‘lishdi.

Yosh, intiluvchan va sohaga qiziquvchan ushbu maktab o‘quvchilarining yangi o‘quv yilidan Amiti universiteti katta va do‘stona jamoasiga qo‘shilishlariga umid bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring