Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi soha harbiylarini mukofotladi

AKT vazirligi soha harbiylarini mukofotladi

Foto: «Norma»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tizimda AKT sohasining bir guruh harbiy xizmatchilarini vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirladi.

Vazirlikning «Faxriy yorlig‘i» bilan Davlat feld’yegerlik xizmati xodimi Ernazarov Rustamjon Abrorovich hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi Razoqov Abdug‘afur Sattarovich taqdirlangan.

Vazirlikning «O‘z kasbining ustasi» belgisi bilan Davlat feld’yegerlik xizmati xodimi Zaripov Farhod Hoshimovich, Davlat feld’yegerlik xizmati katta inspektori Sagatov Olim Fattaxovich, Davlat feld’yegerlik xizmati Namangan shahar bo‘linmasi xodimi Jabborov Tolib Turgunovich mukofotlanishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring