Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi internet tezligi pasayib ketgani to‘g‘risidagi savolga javob berdi

AKT vazirligi internet tezligi pasayib ketgani to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Foto: «Wek.ru»

Bugun, 15-aprel kuni AOKA shtabida AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savollardan biri internet, xususan, mobil internet tezligi pastligi to‘g‘risida. Xo‘sh, bu borada biron chora ko‘rilyaptimi?

Sherzod Ahmatovning aytishicha, karantin davrida foydalanuvchilar tomonidan internet trafikdan foydalanish hajmi sezilarli darajada ortayotgan holatda tarmoqning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan:

  • Bugungi kunda operator va provayderlarning murojaatlarni qabul qiluvchi «koll-sentr»larda jami 650 dan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. Texnik xizmat ko‘rsatish brigadalarida 1000 dan ortiq malakali mutaxassislar ishlamoqda, ular 300 dan ziyod avtotransport bilan hamda zarur texnika va himoya vositalari bilan ta’minlangan.
  • Karantin davrida operator va provayderlar tomonidan yangi abonentlarni ulash ishlari to‘xtatilmagan.
  • Mobil aloqa operatorlari tomonidan 302 ta baza stansiyasi internet xizmatlarini ko‘rsatish uchun MODERNIZATsIYa qilindi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring