Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi axborot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

AKT vazirligi axborot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Sherzod Axmatov O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Sherzod Axmatov 1980-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. 2019-yilda Xankyon milliy universiteti (Koreya Respublikasi) magistraturasini bitirgan.

Bir necha yillar davomida Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa idoralarda mas’ul vazifalarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, vazirning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi bir vaqtning o‘zida vazirlikning axborot xizmati rahbari sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring