Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Xotin-qizlarga qo‘shimcha 4% davlat granti uchun kvota ajratiladi

Xotin-qizlarga qo‘shimcha 4% davlat granti uchun kvota ajratiladi

Joriy yilda Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.

Eslatma-1: tavsiyanomalarning berilish tartibi, ya’ni qanday toifadagi xotin-qizlarga beriladi, uni olish uchun qanday hujjatlar kerak va h.k. qoidalar hali ma’lum emas, shu sababli hozir mahalla raisiga yoki vazirlikka tavsiyanoma so‘rab borishingizdan foyda yo‘q. Tartib tasdiqlangach, rasman e’lon qilinadi.

Eslatma-2: qaysi OTM va qaysi yo‘nalishga xotin-qizlar uchun nechta kvota berilishi ham hozircha aniq emas, bu 20 iyunga qadar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring