Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

840 ta guruh uchun zarur himoya vositalari tayyorlangan - imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumot berildi

840 ta guruh uchun zarur himoya vositalari tayyorlangan - imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumot berildi

AOKAda test imtihonlari xususida matbuot anjumani bo‘layotgani xabar berilgandi. 

DTM boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorovga ko‘ra, bu yilgi abituriyentlar sonidan (1,5 milliondan oshiq abituriyent hujjat topshirgan) kelib chiqib, imtihonlar 3 smenada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ruxsatnomlar imtihon o‘tkazilishi kuni aniq bo‘lgandan keyin 10 kun oldin beriladi.

1 mln 270 ming abituriyentga smeta qilingan. 840 ta guruh uchun barcha zarur himoya vositalari tayyorlangan.

Hududlardan keladigan abituriyentlar uchun sharoit yaratish ishlari olib borilmoqda. Transport vazirligi bilan abituriyentlarni olib kelib, yana yashash joylariga yetkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar ko‘rib chiqilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring