Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi universitetda kirish imtihonlari boshqa kunga qoldirildi

Toshkentdagi universitetda kirish imtihonlari boshqa kunga qoldirildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi Amity universitetida may oyining oxirlariga 2020-2021-o‘quv yili uchun birinchi kirish imtihonlarini o‘tkazish belgilangan edi. Abituriyentlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida universitet ma’muriyati imtihonlarning birinchi bosqichi vaqtini 2020-yil 20-21-iyunga tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • Xalqaro boshlang‘ich dastur (Foundation)

Bakalavr yo‘nalishi (Undergraduate):

  • Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
  • Kompyuter injenering (Bachelor Bachelor of Technology (Computer Science & Engineering));
  • Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics);
  • Turizm sohasidagi menejment (Bachelor of Arts (Tourism Administration);
  • Biznes boshqaruv (Bachelor of Business Administration).

Magistratura yo‘nalishi (Postgraduate):

  • Axborot texnologiyalari.
  • Biznes boshqaruv.

Yangi 2020/2021 o‘quv yillarga hujjatlarni topshirish boshlangan va shu kunga qadar ikki mingdan ortiq abituriyetlar ariza topshirilgan.

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi, to‘liq ma’lumotni http://amity.uz/Application.aspx havolasi orqali olish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998712079006, +998712079007

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring