Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi universitet tashkil etiladi

Toshkentda yangi universitet tashkil etiladi

«Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–4574-son, 28.01.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati Qibray tumanida «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etiladi.

Klaster o‘z ichiga quyidagilarni tashkil etishni qamrab oladi:

  • Farmatsevtika texnik universiteti;
  • innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasi.
  • Qaror bilan klasterning hamda universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

Qaror bilan klasterni tashkil etish bo‘yicha konsepsiya hamda amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, klasterni tashkil etishdan maqsad respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini quyidagi uch yo‘nalishda rivojlantirish hisoblanadi:

  • farmatsevtika fanini rivojlantirish;
  • farmatsevtikada ta’lim tizimini takomillashtirish;
  • chuqur ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil qilish.

Shuningdek, qaror bilan Klasterning vasiylik kengashi hamda Davlat muassasasi shaklidagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Direksiya faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring