Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi

Toshkentda yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi

Prezident qarori bilan Toshkent shahrida «Sankt-Peterburg davlat universitetii» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.

Sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Filialda:

- ta’lim jarayoni «Sankt-Peterburg davlat universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi (Universitet) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlari asosida rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi;
- kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta’lim shaklida kadrlar tayyorlanadi;
- ta’lim faoliyati 2021-2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga qabul parametrlari Filial tomonidan tasdiqlanadi.

 Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bunda davlat granti asosida ta’lim olgan Filial bitiruvchilari 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.

To‘lov-kontrakt miqdori Filial tomonidan belgilanadi.

Filialda o‘qish bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
● Filologiya (sharq tillari bo‘yicha);
● Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha);
● Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar).

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring