Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahridagi o‘qituvchilarning maoshi 1,5 barobargacha oshiriladi

Toshkent shahridagi o‘qituvchilarning maoshi 1,5 barobargacha oshiriladi

Foto: Xabar.uz

Xalq ta’limi muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha «Toshkent tajribasi»ni joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarining:

  • ikkinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,1 baravar;
  • birinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,25 baravar;
  • oliy toifali o‘qituvchi uchun 1,5 baravar miqdorlarida qo‘shimcha rag‘batlantirish oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etilishi belgilangan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring